"Oqshom ertaklari"ning sevimli boshlovchisi vafot etdi: Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida olamdan o‘tdi

"Oqshom ertaklari"ning sevimli boshlovchisi vafot etdi: Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida olamdan o‘tdi

O‘zbekiston san’atida o‘ziga xos iz qoldirgan aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi. U nafaqat teatr va kino sahnasidagi rollari, balki bolalar sevib tomosha qilgan "Oqshom ertaklari" ko‘rsatuvi orqali ham keng jamoatchilikka tanilgan edi.

Yodgora Ziyomuhamedova "Oqshom ertaklari" ko‘rsatuvini qariyb chorak asr — 25 yil davomida olib bordi. Uning ijrosidagi obraz va ovoz ko‘plab avlodlar xotirasida saqlanib qolgan.

Aktrisa o‘zining mehribon qiyofasi va sahnadagi mahorati bilan bolalar qalbidan joy olgan san’atkorlardan biri edi. Marhuma O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida 34 yildan ortiq faoliyat yuritib, sahnada 100 ga yaqin obraz yaratgan.

U ijro etgan mashhur rollar orasida:

-"Qizil shapkacha" — Qizil shapka;

-"Zumrad va Qimmat" — Qimmat;

-"Farzandim jigarbandim" — Sanobar;

-"Sening taqdiring" — Nazira;

-"Yarash-yarash" — Pokiza;

-"Burgut" — Gulnur;

-"Birinchi muallim" — Oltinoy. Yodgora Ziyomuhamedovaning vafoti teatr va san’at jamoatchiligi uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi. U o‘zidan boy ijodiy meros va ko‘plab unutilmas obrazlarni qoldirdi.

Zamin.uz marhumaning oila a’zolari va yaqinlari, shogirdlari, hamkasblari hamda butun san’at ahliga chuqur ta’ziya bildiradi.

Yodgora Ziyomuhamedovaning xotirasi uni sevib tomosha qilgan muxlislar qalbida uzoq saqlanib qoladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar