Los-Anjeles okrugidagi yirik oʻrmon yongʻinlari kamida 25 kishining hayotiga zomin boʻldi. Bu haqda 14 yanvar, seshanba kuni mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, CNN telekanali xabar berdi.
Ularga koʻra, 17 kishining oʻlimi Pasadena yaqinidagi yongʻin bilan bogʻliq, sakkiz kishi Pasifik-Paliseyds hududidagi yongʻin tufayli halok boʻlgan. Los-Anjeles politsiya departamenti matbuot kotibi Stiv Embrich matbuot anjumanida mintaqada yana 13 kishi bedarak yoʻqolgani, ammo halok boʻlgan deb taxmin qilinmayotganini bildirdi.
Pasifik-Paliseydsda 14 kishi hibsga olindi
Politsiya Pasifik-Paliseydsdagi yongʻin bilan bogʻliq ishda 14 kishini, jumladan, oʻt qoʻyishda gumon qilingan uch kishini hibsga oldi, dedi Embrich. Hibsga olish uchun boshqa asoslar qatoriga komendantlik soatini buzish, oʻzini oʻt oʻchiruvchilar yoki politsiya xodimlari sifatida koʻrsatish, vandalizm va oʻgʻirlik kiradi. «Talonchilik nafaqat mulkka qarshi jinoyat, balki evakuatsiya qilingan aholini xavfsizlik hissidan ham mahrum qiladi va bunga toqat qilib boʻlmaydi», — dedi Embrich.
Bir necha kun oldin politsiya talonchilar sababli yongʻindan jabrlangan hududlarda soat 18:00 dan 6:00 gacha komendantlik soati joriy qilgandi.
Foto: AP
Shu bilan birga, Los-Anjeles rasmiylari yongʻinlarga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonganini e'lon qildi. Xususan, ularga koʻra, Pasifik-Paliseydsdagi yongʻin 14 foizga oʻchirilgan, Posadena yaqinidagi yongʻin esa 33 foizga nazorat ostida.
Bayden yongʻinlar hududini falokat zonasi deb e'lon qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari qurbonlariga federal yordam koʻrsatish uchun ushbu erlarni falokat hududi deb e'lon qildi. Pentagon matbuot kotibi oʻrinbosari Sabrina Singx yongʻinlarga qarshi kurashish uchun Kaliforniyaga qoʻshimcha kuch va texnika yuborilishini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, yongʻinga qarshi kurash hozirgi ob-havo sharoiti tufayli qiyinlashmoqda, kuchli shamol sababli yongʻinni aviatsiya yordamida oʻchirishning iloji yoʻq. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi