Yevropada tabiiy ofat: o‘rmon yong‘inlari kengaymoqda

2 daqiqa o'qish195
Yevropada tabiiy ofat: o‘rmon yong‘inlari kengaymoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yevropaning qator davlatlarida avj olgan yirik o‘rmon yong‘inlari minglab gektar yer maydonini qamrab oldi.
  • Xususan, Ispaniya, Fransiya, Portugaliya va Gretsiyada alangalarni jilovlash uchun yuzlab o‘t o‘chiruvchilar, maxsus texnikalar hamda aviatsiya kuchlari safarbar etildi.
  • Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yirik tabiiy ofat iyun oyida qayd etilgan anomal issiq ob-havo bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yevropaning qator davlatlarida avj olgan yirik o‘rmon yong‘inlari minglab gektar yer maydonini qamrab oldi. Ispaniya, Fransiya, Portugaliya va Gretsiyada yuzlab o‘t o‘chiruvchilar, maxsus texnikalar hamda aviatsiya kuchlari alangalarni jilovlash uchun safarbar etilgan. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Fransiyaning janubidagi Pireney-Sharqiy departamentida 4 iyul kuni kechqurun boshlangan yong‘in oqibatida ikki kishi, jumladan bir nafar o‘t o‘chiruvchi hamda mahalliy aholi vakili og‘ir jarohat olgan. Hududdan qariyb 5 ming nafar aholi evakuatsiya qilingan. Yong‘inni bartaraf etish ishlariga 700 nafarga yaqin o‘t o‘chiruvchi, 200 ta maxsus texnika, shuningdek, o‘nlab samolyot va vertolyot jalb qilingan.

Fransiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyi holatiga mamlakatning 41 departamentida o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori deb baholangan. Ulardan yettitasida esa eng yuqori xavf darajasi e’lon qilingan.

Gretsiyaning Saloniki shahri yaqinidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasida chiqqan yong‘in tufayli qalin tutun shahar markazigacha tarqalgan. Rasmiylar aholidan derazalarni yopib, imkoni boricha uyda qolishni so‘ragan. Hodisa sabab uchta aholi punkti va 157 nafar kishi yashaydigan parvarish muassasasi evakuatsiya qilingan. Shu voqea yuzasidan 76 yoshli erkak o‘t qo‘yishda gumon qilinib qo‘lga olingan.

Shuningdek, Afinaning g‘arbiy qismida ham yirik o‘rmon yong‘ini qayd etilgan. Uni o‘chirish ishlariga 210 nafar o‘t o‘chiruvchi, ko‘ngillilar va maxsus aviatsiya jalb etilgan.

Ispaniyaning Jirona provinsiyasida 3 iyuldan buyon davom etayotgan yong‘in qariyb 2,2 ming gektar hududni yondirgan.

Portugaliyaning Vozel munitsipalitetida esa iyul oyida boshlangan yong‘in 12 ming gektardan ortiq maydonga tarqalgan. Uni bartaraf etish uchun 1 200 nafar o‘t o‘chiruvchi, 400 ta maxsus texnika va 15 ta samolyot safarbar etilgan. Shu bilan birga, Ispaniya qo‘shni mamlakatga yordam sifatida 120 nafar o‘t o‘chiruvchi va 45 ta maxsus texnika yuborgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Portugaliyadagi asosiy yong‘inlar nazorat ostiga olingan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda alanga o‘choqlari hanuz saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropaning bir qator davlatlarida kuzatilayotgan bu yirik o‘rmon yong‘inlari iyun oyida qayd etilgan anomal issiq ob-havo bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?