20:00 / 29.01.2025
1 092

Milliarder Bill Geyts hayotidagi eng katta xatosini oshkor qildi

Milliarder Bill Geyts hayotidagi eng katta xatosini oshkor qildi
Har birimizning hayotimizda afsuslanadigan lahzalar va voqealar sodir boʻlishi mumkin. Dunyodagi eng badavlat tadbirkorlardan biri, Microsoft asoschisi Bill Geyts ham bundan mustasno emas.

Milliarder The Times nashriga bergan intervyusida 2021 yilda rafiqasi Melinda Geyts bilan ajrashganiga qanday munosabatda ekanligini haqida soʻzlab berdi. Ma'lum boʻlishicha, Bill Geyts rafiqasi bilan ajrashishni hayotidagi eng katta xatolik va omadsizlik deb biladi.

Foto: Getty Images
“Bu men afsuslanadigan eng katta xatolarimdan biri. Ajrim xatolarim roʻyxatida eng boshida turadi. Chunki ularning hech qaysi biri oilamning buzilishi kabi dolzarb emas”, deya tan oldi Geyts.

Foto: Getty Images
Geyts umrining 27 yilini birga oʻtkazgan rafiqasi bilan ajrashganidan afsusda ekanligining yana bir sababi bor. Ma'lum boʻlishicha, uning ota-onasi birgalikda 45 yil baxtli hayot kechirgan va Bill ham ularning hikoyasini takrorlashni orzu qilgan. Shuningdek, u butun umrini yagona ayol bilan oʻtkazish gʻoyasiga amal qilishni istagan. Bu qadriyat, ayniqsa, umumiy farzandlar va iliq xotiralar boʻlgan insonlar uchun muhimdir:

“Melinda bilan uchrashganimizda men oʻz kasbimda etarlicha yutuqlarga erishgan edim, ammo u qadar muvaffaqiyatli emas edim. Haqiqiy muvaffaqiyatga u bilan birgalikda yashagan hayotda etishdim. Melinda koʻp ishlarda menga elkadosh boʻldi”.

Foto: Getty Images
Bill va Melinda 1987 yilda Microsoft ofisida tanishgan va 1994 yilda Gavayida turmush qurishgan. Ularning Jennifer, Rori va Fibi ismli uch nafar farzandi bor.

Geyts sobiq rafiqasi haqida gapirar ekani, uning farzandlar tarbiyasiga qoʻshgan hissasi haqida alohida qayd etdi:

“Men farzandlarim bilan otamga nisbatan koʻproq vaqt oʻtkazdim, ammo ayolimdek faol boʻlmadim. Melinda qilgan mehnatning 10 dan birini bajara oldim, xolos. U umrining katta qismini farzandlarimizga gʻamxoʻrlik qilish va tarbiyalashga bagʻishladi”, dedi Bill.

Foto: Getty Images
Ammo Geyts sobiq rafiqasining bir ishini kechira olmaydi: 2000 yilda er-xotin Bill va Melinda Geyts jamgʻarmasiga asos soldi, u butun dunyo boʻylab qashshoqlik va kasalliklarga qarshi kurashga bagʻishlangan xayriya fondi edi. Ajrimdan soʻng 2024 yil may oyida Melinda tashkilotni tark etdi. Bu qaror Geyts uchun jiddiy zarba boʻldi.

“Ajrim ikkimiz uchun ham qiyin boʻldi, ammo Melinda fondni tark etishga qaror qilganidan men qattiq ranjidim va kutmagan edim” dedi tadbirkor.

Hozirda sobiq er-xotinlar shaxsiy hayotini qurishda davom etmoqda. 2023 yil fevral oyida Geyts Oracle kompaniyasi sobiq menejeri Mark Xerdning rafiqasi Paula Xerd bilan birga ekanligini e'lon qildi. Melinda esa jurnalist Jon Dyu Pre bilan birga.

Foto: Getty Images

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo