10:19 / 25.02.2025
123

Zelenskiy: «Umid qilamizki, urush bu yil yakunlanadi»

Zelenskiy: «Umid qilamizki, urush bu yil yakunlanadi»
Kiyevda Evropa Ittifoqi etakchilari bilan oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida norvegiyalik jurnalist Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan mamlakat va uning xalqi uchun kelajak rejalari haqida savol berdi.

Zelenskiy: Urushni bu yil tugatishni xohlaymiz

Jurnalistning «Uch yildan beri davom etayotgan keng koʻlamli urushdan soʻng Ukraina va uning xalqi uchun qanday rejalar bor?» degan savoliga Zelenskiy shunday javob berdi:

«Umid qilamizki, biz bu urushni uch yildan keyin emas, shu yil yakunlay olamiz».

Prezidentga koʻra, Ukraina hozirda Rossiya hujumlarining oldini olish uchun xavfsizlik kafolatlariga muhtoj. Uning fikricha, mamlakatning Evropa Ittifoqi va NATOga qoʻshilishi bu borada muhim qadam boʻlishi mumkin.

Zelenskiy: «AQSh yordam berishda davom etadi deb umid qilamiz»

Matbuot anjumanida Zelenskiydan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlari haqida ham soʻraldi.

«Biz umid qilamizki, AQSh barcha sheriklar kabi yordam berishda davom etadi», — dedi Ukraina rahbari.

Shuningdek, u Evropa va Amerika oʻrtasidagi birlikni saqlab qolish muhimligini ta'kidladi: «Biz Evropa va AQSh oʻrtasidagi birlikni yoʻqotmasligimiz kerak».

Zelenskiyning ta'kidlashicha, Ukraina urushni tezroq tugatishga harakat qilmoqda, shuning uchun xalqaro sheriklar bilan hamkorlik davom ettirilishi lozim. NATO va Evropa Ittifoqiga qoʻshilish Ukraina uchun kelajakdagi xavfsizlikni kafolatlaydigan muhim yoʻnalishlardan biri boʻlishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo