
Britaniya suvlarida misli ko‘rilmagan shubhali faoliyat! Qirollik harbiylari mamlakat sohillari yaqinida topilgan rus datchiklarini milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholamoqda. Bu haqda 6 aprel kuni The Telegraph gazetasi shov-shuvli xabar e’lon qildi.
Tahlillarga ko‘ra, mazkur datchiklar Britaniyaning strategik ahamiyatga ega — yadroviy raketalar bilan qurollangan Vanguard suvosti kemalari haqida ma’lumot to‘plash uchun o‘rnatilgan. Ayni damda London hukumati bu uskunalar orqali Rossiya Britaniyaga qarshi josuslik qilgan, degan fikrda.
Hikoyaning dramasi shundaki, mazkur qurilmalar qirollik floti tomonidan topilgandan so‘nggina fosh etildi. Bungacha jamoatchilikka hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagan. Bu siri nihoyatda muammoli vaziyat edi.
The Sunday Times esa avvalroq Rossiya tomoni aynan Vanguard suvosti kemalari harakati va imkoniyatlarini o‘rganishga urinayotganini xabar qilgan. Shu kemalardan kamida bittasi doimiy ravishda dengizda xizmat qilib, mamlakatni tashqi tahdidlardan himoya qilmoqda.
Moskva qanday maqsadda ushbu josuslik uskunalarini o‘rnatdi? The Telegraph ta’kidlaganidek, Rossiyada “dengiz tubidagi urush va josuslik” borasida ancha ilgarilab ketgan, zamonaviy suvosti kemalarga ega park mavjud. Ular NATOga a’zo davlatlarning suvosti kemalariga nisbatan yanada chuqurroq va yashirin harakatlana oladi.
Bu holat nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun G‘arb uchun jiddiy signal sifatida baholanmoqda. Josuslik uskunalari fosh etildi, ammo bu “muz tog‘ining faqat uchi” bo‘lishi mumkin, deyishmoqda tahlilchilar.
Хulosa? Britaniya sohillari endi shunchaki tabiiy go‘zallik emas — bu yerda endi geosiyosiy dramaning markazi kechmoqda. Josuslik uyuqlari, strategik kemalar va davlat siri — bu kino emas, bu hayotning o‘zi! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar