
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan yanada kuchliroq sanksiya paketini joriy etish arafasida turibdi. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qilishicha, bu galgi cheklovlar energetika va moliya tarmoqlarini qamrab oladi.
Mazkur choralar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazishdan bosh tortgani va o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmaganiga javob sifatida ko‘rilmoqda.
“Prezident Zelenskiy uchrashuvga tayyor edi. Ammo Putin kelmadi. Bu uning tinchlikka qiziqishi yo‘qligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu sabab biz unga bosimni yanada oshirishimiz shart”, – dedi fon der Lyayen.
Yangi cheklovlar nafaqat Rossiya banklariga, balki “Shimoliy oqim” gaz quvuri va Kremlning soyadagi dengiz flotiga ham yo‘naltirilgan. Yevropa Komissiyasi rahbari AQSH bilan ushbu sanksiyalar yuzasidan yagona pozitsiyada bo‘lishga umid bildirdi.
“Rossiya urush boshlanishidan avvalgi davr bilan solishtirganda neft va gazdan tushadigan daromadining 80 foizini yo‘qotdi. Budjet yetishmovchiligi kuchaymoqda. Biz Putinni muzokara stoliga o‘tkazish uchun yanada qat’iy qadamlar qo‘yishga tayyormiz”, — dedi fon der Lyayen.
DW tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 may kuni e’lon qilinishi kutilayotgan mazkur sanksiyalar Yevropa tarixidagi eng keng qamrovli cheklovlar bo‘ladi. Ular to‘rt yo‘nalishda: Ukrainaga bosqin, inson huquqlari buzilishi, gibrid urush va kimyoviy qurollar bo‘yicha joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar faqat harbiy asirlarni almashishga kelisha olgan. Bu esa xalqaro maydonda “Rossiya urushni davom ettirish niyatida” degan fikrlarni yanada mustahkamlamoqda.
Zamin.uz tahririyati xalqaro siyosiy jarayonlar rivojini kuzatishda davom etadi. Siz yangi sanksiyalar haqida qanday fikrdasiz? Ular voqealar borishiga ta’sir ko‘rsatadimi?
Yevropa IttifoqiRossiya SanksiyalariEnergetika TarmoqlariMoliyaviy CheklovlarUkraina MuzokaralariInson HuquqlariGibrid UrushKimyoviy QurollarTinchlikka Qiziqish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar