Bred Pittning qizi otasidan voz kechib, yangi hayot boshladi!

2 daqiqa o'qish4.5K
Bred Pittning qizi otasidan voz kechib, yangi hayot boshladi!
Gollivudning mashhur juftligi bo‘lgan Bred Pitt va Anjelina Jolining to‘ng‘ich qizi Shaylo o‘z oilaviy munosabatlarini rasman o‘zgartirishga qaror qildi. G‘arb matbuoti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, u o‘z otasining familiyasidan to‘liq voz kechib, yangi taxallus qabul qildi.

Joriy yilning may oyida Los-Anjelesda mashhur dizayner Isabelle Marant’ning kapsula kolleksiyasi namoyish etilgan edi. Ushbu tantanali tadbirda Milla Yovovich, Elison Bri, Jenyuari Jons, Reychel Bilson kabi Gollivudning ko‘plab mashhur yulduzlari qatnashdi. Ammo kechaning eng diqqatga sazovor qismi Shaylo Jolining yangi rolda — professional xoreograf sifatida namoyon bo‘lishi edi.

Shaylo bu kechaga oddiy mehmon sifatida emas, balki shouning asosiy sahnalarida ishtirok etayotgan qizlarga raqs harakatlarini o‘rgatayotgan professional xoreograf sifatida tashrif buyurdi. Uning raqs sahnalariga tayyorgarlik jarayonida mashhur xoreograflar Tako Suzuki va Keoni Rouz ham ishtirok etgan bo‘lib, bu Shayloning yangi faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Ko‘rgazma uchun tarqatilgan press-relizlarda Shaylo birinchi marta o‘zining to‘liq ism-familiyasini emas, balki yangi taxallusi — “Shay Joli”dan foydalangan. Hozircha bu taxallus faqatgina professional sahna faoliyati uchun tanlanganmi yoki rasmiy hujjatlarda ham o‘zgarganmi, bu haqda aniq ma’lumot yo‘q.

Biroq, bundan avvalroq, ya’ni 2024 yilning may oyida, 18 yoshga to‘lgan Shaylo sud orqali otasining familiyasidan rasman voz kechgan edi. Sud qaroridan so‘ng uning to‘liq ismi Shaylo Nuvel Joli deb o‘zgargan. Ma’lum qilinishicha, Shayloning bu qat’iy qaroriga otasi Bred Pitt bilan bog‘liq munosabatlardagi uzoq yillik ziddiyatlar va tushunmovchiliklar sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tish joizki, Anjelina Joli va Bred Pittning ajrashish jarayoni qariyb sakkiz yildan buyon davom etib kelmoqda. Ushbu uzoq va og‘ir sudlashuv jarayoni davomida ikki yulduz ham bir-birlarini og‘ir jinoyatlarda ayblagan, farzandlari ustidan vasiylik huquqi uchun murosasiz kurash olib borishgan. Anjelina Jolining ta’kidlashicha, Bred Pitt bolalari va uning o‘ziga nisbatan bir necha bor shafqatsiz munosabatda bo‘lgan.

Shaylo Jolining otasi bilan bog‘liq radikal qarori uning barcha opa-singillari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda. Jumladan, Shayloning katta opasi Zahara ham 2023 yilda kollejdagi marosimda o‘zini “Zahara Marli Jolie” sifatida taqdim qilgan edi. Shuningdek, juftlikning boshqa qizi Viviyen 2024 yilda Nyu-Yorkdagi mashhur «The Outsiders» Brodvey spektaklida ishtirok etganida ham, faqat Joli familiyasidan foydalangani e’tibordan chetda qolmadi.

Bugungi kunda Shaylo o‘zining shaxsiy hayotini va kasbiy faoliyatini yangi taxallusi orqali qayta shakllantirmoqda. Uning bu muhim qarori mashhur oila haqidagi yangiliklardan biri bo‘lib qolmasdan, balki yoshlar o‘rtasidagi mustaqillik va shaxsiy qarorlarni qabul qilish borasidagi namuna sifatida ham baholanmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?