date

Chaqaloqlar sutsiz qoldi: Gazoda hayot va o‘lim kurashi

Chaqaloqlar sutsiz qoldi: Gazoda hayot va o‘lim kurashi
Gaza sektoridagi shifokorlar yuzlab chaqaloqlar hayoti xavf ostida ekanini bildirmoqda. Isroil tomonidan yordamga cheklovlar qo‘yilayotgani tufayli, bolalar uchun mo‘ljallangan sut qo‘shimchasi (smesh) tanqisligi jiddiy muammoga aylangan.

Xan-Yunusdagi Nassar shifoxonasida faqat bir haftalikgina sut zaxirasi qolgan. Maxsus formulalar tugagan va shifokorlar oddiy qo‘shimchani bolalar o‘rtasida taqsimlashga majbur.

Gumanitar yordamni yetkazayotgan GHF xususiy kompaniyasi orqali go‘daklarga mo‘ljallangan sut kirmayapti. Qolgan oz miqdordagi mahsulotlar qora bozorda 10 marta qimmat narxlarda sotilmoqda.

Ko‘plab onalarning emizish imkoni yo‘q — ularning o‘zi yetarlicha ovqatlanmayapti. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Gazo shifoxonalariga har kuni 100 dan ziyod bola oziqlanish yetishmovchiligi sababli yotqizilmoqda.

Shifokorlar go‘daklar o‘limini ochlik ofatining ilk va jiddiy belgisi sifatida baholamoqda. AQSHlik shifokorlar shaxsiy yuklarida maxsus go‘daklar sutlarini olib kirishga uringan, ammo Isroil chegarachilari tomonidan musodara qilingan holatlar qayd etilgan.

Yordam olish uchun odamlar navbatga turishga majbur, ammo keyingi bir oyda shunday holatda 500 kishi otib o‘ldirilgani aytilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va shifokorlar ogohlantirmoqda: agar urush to‘xtamasa va chegaralar ochilmasa, bu fojea yanada kuchayadi.

“Chaqaloqlar faqat teridan va suyakdan iborat. Biz halokat arafasida turibmiz,” — deydi doktor Ahmad al-Farra.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chaqaloqlar sutsiz qoldi: Gazoda hayot va o‘lim kurashi