AQSHda ikki ot avtobusga chiqdi: g‘ayrioddiy holat videoga tushdi (video)

AQSHning Detroyt shahrida jamoat transporti yo‘lovchilari kutilmagan holatga guvoh bo‘ldi. Ikki nafar otliq o‘z otlari bilan shahar avtobusiga chiqdi. G‘ayrioddiy voqea avtobus kuzatuv kameralariga muhrlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Hodisa 7 noyabr kuni 7 Mile Road va Strasburg Street ko‘chalari yaqinida sodir bo‘lgan. Ikki nafar otliq avtobus bekatida turganida transport vositasi to‘xtagan. Ular haydovchi bilan qisqa suhbatlashgach, otlarini avtobus ichiga olib kirishgan.
Qizig‘i, haydovchi otlarni hazil tariqasida xizmat hayvonlari deb atagan. Otlar va ularning egalari avtobus salonidan o‘tib, ko‘p o‘tmay orqa eshikdan yana tushib ketgan. Shundan so‘ng avtobus harakatini davom ettirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, otlarning egalaridan biri — Jordan Williams «Urban City Cowboys» tashkiloti hammuassisi. Ushbu harakat orqali u Detroytda qora tanli kovboylar va ot sporti bilan shug‘ullanuvchi insonlarga e’tibor qaratishni maqsad qilgan. U hodisa vaqtida hududda xayriya tadbiri o‘tkazib, bolalarga ot minish imkoniyatini ham taqdim etayotgan bo‘lgan.
Detroyt transport departamenti (DDOT) ushbu holat yuzasidan izoh berib, avtobuslarda faqat qonun talablariga javob beradigan xizmat hayvonlariga ruxsat berilishini ma’lum qilgan. Idora otlarning avtobusga olib kirilishi yo‘lovchilar va hayvonlar xavfsizligi uchun xatar tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlagan.
Shuningdek, hodisadan keyin avtobus haydovchilarining malakasini qayta oshirish va ularga tegishli qoidalarni yana bir bor tushuntirish rejalashtirilgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…