O‘zbekistonlik yosh sotuvchi xizmati bilan xorijliklarni lol qoldirdi (video)

1 daqiqa o'qish1
O‘zbekistonlik yosh sotuvchi xizmati bilan xorijliklarni lol qoldirdi (video)

O‘zbekistonlik yosh sotuvchi kungaboqar urug‘i (semechka) savdosidagi xushmuomalaligi va ingliz tilida muloqot qilishi bilan xorijlik mijozlarning e’tiborini tortdi. Uning mijozlarga ko‘rsatgan xizmati aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda iliq fikrlar uyg‘otmoqda.

Videoda xorijlik mijozlar semechka sotib olish uchun kelganida, bolaning darhol o‘rnidan turib, ularning oldiga chiqqani aks etgan. U avval qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salom beradi, so‘ng mijozlar bilan ingliz tilida muloqotga kirishadi.

Xaridor qaysi urug‘ yaxshiroq ekanini so‘raganida, yosh sotuvchi sifatlisini ko‘rsatib, tavsiya beradi. Shundan so‘ng mijozga 20 ming so‘mlik semechka tortib beradi.

Videoda ayniqsa bolaning xorijlik mijozlar bilan ingliz tilida gaplashishi, mahsulot haqida tushuntirish berishi va xushmuomalaligi e’tiborni tortadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham uning savdo madaniyati, odobi va tirishqoqligiga iliq fikrlar bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?