O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islom moliyasi litsenziyasini oldi
1 daqiqa o'qish2

O‘zbekistonda yana to‘rtta bankka islom banki faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Markaziy bankning 18 noyabrdagi qaroriga muvofiq, «Ipak Yo‘li» banki, Asia Alliance Bank, Orient Finans Bank va Hayot Bank ushbu litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Endi mazkur banklar mijozlarga islom moliyasi tamoyillariga muvofiq xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bu tizim an’anaviy kreditlashdan farq qiladi. Unda foizli kreditlar o‘rniga savdo, ijara va sheriklikka asoslangan moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi.
Bundan avval, 23 oktyabr kuni Open Bank O‘zbekistonda islom banki faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan birinchi bank bo‘lgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

























Izohlar0
…