AQSH poytaxti Vashingtonda milliy gvardiyachilarga qurol olib yurishga ruxsat berildi. Bu haqda DW nashri xabar tarqatdi. Qurol faqat hayotga tahdid tug‘ilganda ishlatilishi mumkin.
Hozirda 1900 ga yaqin gvardiyachi Oq uy, Milliy xiyobon, vokzal va metro bekatlarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanmoqda. Pentagonning ma’lum qilishicha, ushbu qaror jinoyatchilikni kamaytirish maqsadida qabul qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp avgust boshida milliy gvardiyani poytaxtga yuborgan. U jinoyatlar soni yuqori ekanini ta’kidlagan, biroq rasmiy statistika zo‘ravonlik holatlari so‘nggi yillarda kamayganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar