date

Buyuk Britaniyada olti oyoqli mushuk tug‘ildi

Buyuk Britaniyada olti oyoqli mushuk tug‘ildi

Buyuk Britaniyada Mono nomli mushuk dunyoga kelib, o‘zining noodatiy tuzilishi bilan hayrat uyg‘otdi — u olti oyoqqa ega. Veterinarlar bu holat juda kam uchraydigan embrion rivojlanishidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi, deya yozadi Daily Mail.

Mutaxassislarning tushuntirishicha, bunday jarayon “homila so‘rilishi” deb ataladi. Ya’ni, egizaklardan biri rivojlanishni to‘xtatib, ikkinchisining tanasiga qisman qo‘shilib qoladi. Mononing qornida ikkita qo‘shimcha oyoq shu tarzda paydo bo‘lgan.

Norvich shahridagi klinikada mushukni kuzatayotgan veterinar shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha oyoqlar ichki a’zolar bilan bog‘lanmagan, shunchaki teriga yopishgan. Shu sababli ular hayvonning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydi va zarurat bo‘lsa, kelajakda jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanishi mumkin.

Hozircha Mono o‘zini yaxshi his qilmoqda, odatdagidek ovqatlanmoqda va muammosiz harakatlanmoqda. Uning egasi esa mushukka xalaqit bermas ekan, oyoqlarini olib tashlashni rejalashtirmayotganini aytib: “U allaqachon mahalliy yulduzga aylangan. Biz uni qanday bo‘lsa, shunday yaxshi ko‘ramiz”, — dedi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada olti oyoqli mushuk tug‘ildi