date

Dubayda dunyodagi eng qimmat qahva tayyorlandi

Dubayda dunyodagi eng qimmat qahva tayyorlandi

Kofe ixlosmandlari uchun qiziqarli yangilik — dunyodagi eng qimmat qahva rekordi qayd etildi. Ginness rekordlar kitobi rasmiy sayti xabar berishicha, ushbu noyob ichimlik BAAning Dubay shahridagi Roasters Specialty Coffee House qahvaxonasida tayyorlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir finjon qahvaning narxi 2500 dirhamga, ya’ni taxminan 680 AQSH dollariga teng kelgan. Shu tariqa u tarixdagi eng baland bahoga sotilgan kofe sifatida qayd etildi. Eng qizig‘i, bunday qimmat qahvani sotib olgan mijozning shaxsi oshkor etilmadi.

Maxsus ichimlik Panamadagi Hacienda La Esmeralda fermer xo‘jaligida yetishtirilgan “Geysha” turkumiga mansub noyob arabika donidan tayyorlangan. Bu nav dunyodagi eng qimmat, juda oz hosil beradigan hamda o‘ziga xos hid va ta’mga ega donlar qatoriga kiradi.

Barista ustalarining ta’kidlashicha, qahva tayyorlanish jarayoni ham o‘ziga xos marosimga aylangan. Donlar maxsus ishlovdan o‘tkazilib, har bir bosqichda ularning tabiiy xususiyatlari saqlab qolingan. Natijada ichimlik nafaqat qimmatli, balki o‘zgacha mazasi bilan ham ajralib turadi.

Kofe ishqibozlari orasida “Geysha” donlari ilgari ham dunyodagi eng nodir mahsulotlardan biri sifatida mashhur edi. Biroq Dubayda tayyorlangan ushbu qahva uning nufuzini yanada oshirdi va yana bir rekordni tarixga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda dunyodagi eng qimmat qahva tayyorlandi