Tataristonda "Halol" deb sotilgan kolbasa mahsulotidan cho‘chqa DNKsi aniqlandi

Tataristonda "Halol" deb sotilgan kolbasa mahsulotidan cho‘chqa DNKsi aniqlandi

Tataristonda "Halol" belgisi bilan sotilgan qaynatma kolbasa laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgach, uning tarkibidan kutilmagan hayvonlarga tegishli DNK izlari topildi. Mahsulot Yelabuga go‘sht-konserva kombinatida ishlab chiqarilgani aytilmoqda.

Tekshiruvdan o‘tkazilgan «mol go‘shtidan tayyorlangan» qaynatma kolbasa namunasida cho‘chqa, kurka va otga tegishli DNK aniqlangan.

Qizig‘i, aniqlangan hayvonlarning hech biri mahsulot yorlig‘ida ko‘rsatilmagan.

Eng katta savol esa "Halol" belgisi bilan sotilgan mahsulotdan cho‘chqa DNKsi qanday aniqlangani bo‘lib qolmoqda. Hozircha hayvonlarga tegishli DNK izlari kolbasa tarkibiga qanday tushib qolgani rasman aniqlanmagan.

Mutaxassislar bunday holatning ehtimoliy sabablaridan biri sifatida ishlab chiqarish jarayonida turli mahsulotlar uchun bir xil uskunalardan foydalanilishi yoki sanitariya talablariga yetarlicha rioya qilinmasligini ko‘rsatmoqda.

Mahsulot yorlig‘ida kolbasa tarkibida aniqlangan hayvon turlari ko‘rsatilmagan. Shu sababli laboratoriya natijalari mahsulot tarkibi va uning yorliqlanishi bo‘yicha qo‘shimcha savollarni yuzaga keltirgan.

Hozircha esa DNKning mahsulotga qanday tushgani va buning uchun kim mas’ul ekani bo‘yicha yakuniy xulosa berilmagan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar