date

Shri-Lankada yetti buddaviy rohib vafot etdi

Shri-Lankada yetti buddaviy rohib vafot etdi

Shri-Lankaning Pansiyagama hududida joylashgan Na Uyana monastiriga tegishli yirik fojea qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 24-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 larda sodir bo‘lgan teleferik halokatida yetti buddaviy rohibning hayoti uzildi. Bu haqda Daily Mirror nashri xabar berdi.

Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Rossiya, Ruminiya va Hindiston fuqarolari ham bor. Jabrlanuvchilarning jasadlari Gokarella va Kurunegala shifoxonalariga yetkazilgan.

Hodisa paytida jami 13 nafar rohib muqaddas joyda diniy marosimlarni bajarib, monastirga qaytayotgan bo‘lgan. Ikki rohib vagondan sakrab tushgani natijasida yengil jarohat olgan, yana to‘rt kishi og‘ir holatda shifoxonaga yetkazilgan.

Rasmiy manbalarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, fojea teleferikni tortib turuvchi asosiy kabelning uzilishi sababli yuz bergan. Ayni paytda Pansiyagama politsiyasi hodisa yuzasidan tergov harakatlarini davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada yetti buddaviy rohib vafot etdi