Olimlar sichqon miyasiga inson miya to‘qimasini ko‘chirib o‘tkazdi

1 daqiqa o'qish155
Olimlar sichqon miyasiga inson miya to‘qimasini ko‘chirib o‘tkazdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Stenford universiteti olimlari genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlarga inson miya to‘qimasini ko‘chirib o‘tkazib, uni muvaffaqiyatli rivojlantirdi.
  • Transplantatsiyadan ikki-uch oy o‘tgach, inson to‘qimasi besh baravar kengayib, sichqon miyasining 90 foizdan ko‘prog‘ini egalladi.
  • Inson neyronlari sichqon nerv tizimi bilan bog‘lanib, hatto orqa miyagacha yetib bordi.
  • Ushbu tadqiqot inson miyasi rivojlanishi va nevrologik kasalliklarni o‘rganishda yangi imkoniyatlar ochadi.

Stenford universiteti olimlari inson miya to‘qimasini sichqon organizmida o‘stirish va uning nerv tizimi bilan bog‘lashga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqot 16 sentyabr kuni Nature jurnalida e’lon qilingan.

Olimlar buning uchun miyasining katta qismida, xususan, miya po‘stlog‘i rivojlanmaydigan qilib genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlardan foydalangan. Keyin ularga laboratoriyada inson ildiz hujayralaridan yetishtirilgan kortikal organoidlar — inson miya to‘qimasining kichik, o‘zini o‘zi tashkil qiluvchi tuzilmalari ko‘chirib o‘tkazilgan.

Natijada inson to‘qimasi sichqon miyasida saqlanib qolib, faol rivojlangan. Tadqiqotga ko‘ra, transplantatsiyadan ikki-uch oy o‘tgach, inson to‘qimasi deyarli besh baravar kengayib, bo‘sh qolgan miya hududining 90 foizidan ko‘prog‘ini egallagan. Inson neyronlari sichqon miyasidagi nerv hujayralari bilan bog‘lanib, hatto nerv tolalari orqali orqa miyagacha yetib borgan.

Tadqiqotchilar bu usul inson miyasining rivojlanishi va tug‘ilishdan oldin yuzaga keladigan nevrologik kasalliklarni o‘rganishda yangi imkoniyat berishini ta’kidlamoqda. Kelajakda bunday modellar autizm, miya falaji, shizofreniya va epilepsiya kabi kasalliklarning mexanizmlarini o‘rganish hamda davolash usullarini sinashda qo‘l kelishi mumkin.

Tajriba axloqiy savollarni ham yuzaga keltiradi. Jumladan, inson miya to‘qimasi hayvon miyasiga ko‘chirilganda uning kognitiv qobiliyatlari o‘zgarishi mumkinmi, degan masala muhokama qilinmoqda. Biroq hozirgi tajribada sichqonlarda insonlarnikiga xos ong yoki murakkab fikrlash paydo bo‘lgani haqida dalil aniqlanmagan. Tadqiqot davomida ularning xatti-harakatlari odatiy sichqonlarnikidan keskin farq qilmagan.

Olimlar yangi model inson miyasini tirik organizm ichida, uning qon tomirlari va nerv tizimi bilan o‘zaro ta’sirda o‘rganish imkonini berishi bilan muhim ekanini qayd etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?