Bloger Jasmin qamoqdan ozod etilgani haqida xabar berildi

“Jasmin” nomi bilan tanilgan blogerning qamoqdan ozod etilgani haqida xabar tarqaldi. Ma’lumotga ko‘ra, bu haqda uning advokati ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jasmin 2025 yil 29 sentyabr kuni Istanbulda yana besh nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan birga qo‘lga olingan. Ular giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilingan. 30 sentyabr kuni ular Maltepe yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar bergan.
Advokatining aytishicha, Jasmin qamoqda bo‘lgan davrda o‘zini kuchli tutgan va nihoyat ozodlikka chiqqan. Endilikda blogerga nisbatan Turkiyadan deportatsiya qilinish ehtimoli bilan bog‘liq jarayon davom etishi mumkin.
“Jasmin o‘zini juda kuchli tutdi va nihoyat ozodlikka chiqdi. U yana oramizda bo‘ladi”, — degan advokat.






























Izohlar 0
…