Oqila G‘ulomova «Uyda yolg‘iz» filmi aktrisasi Ketrin O'Xaraga o‘xshaydimi? (foto)

Oqila G‘ulomova «Uyda yolg‘iz» filmi aktrisasi Ketrin O'Xaraga o‘xshaydimi? (foto)

Aktrisa Oqila G‘ulomova «Omon-Omon» ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, ijodiy faoliyati va hayoti haqida suhbatlashdi. Suhbat davomida boshlovchilar muxlislardan kelgan qiziq fikrni ham o‘rtaga tashlashdi.

«— Oqila xonim G‘ulomovani har gal ko‘rganimda tanish chehralarga o‘xshataman. Hozir muxlislarimizdan ham shunday bir fikr kelib tushdi. Ular hatto suratlar ham jo‘natishibdi. Oqila xonim G‘ulomova mashhur kanadalik aktrisa Ketrin O'Xaraga o‘xshaydi, deya ta’rif berishibdi. Qani, muxlislarimizdan so‘raymiz, ular chindan ham o‘xshaydimi? Ketrin O'Xaraga qay darajada o‘xshaydilar?» — dedi boshlovchilardan biri.

Shundan so‘ng ikki aktrisaning suratlari ekranlarga chiqarilib, ularning tashqi ko‘rinishidagi o‘xshash jihatlar tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

Ikki nafar jigarrang sochli ayolning yonma-yon portretlari.

Xo‘sh, sizingcha, Oqila G‘ulomova «Uyda yolg‘iz» filmi orqali tanilgan Ketrin O'Xaraga qanchalik o‘xshaydi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Ma’lumot uchun, Ketrin O'Xara 1990 yilda suratga olingan «Uyda yolg‘iz» filmida Kevin Makkallisterning onasi Keyt obrazini ijro etgan. Aktrisa 2026 yil 30 yanvarda 71 yoshida vafot etgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar