Rani Mukerji onasidan ayrildi: yulduzlar hamdardlik bildirdi

Bollivudning mashhur aktrisasi Rani Mukerji oilasi og‘ir judolikka duch keldi. Aktrisaning onasi Krishna Mukerji 75 yoshida vafot etdi.
Krishna Mukerji Bengal kino san’atida pleybek xonandasi sifatida faoliyat yuritgan. U qizining ijodiy faoliyatida ham muhim o‘rin egallab, Ranining san’at olamidagi yo‘lini qo‘llab-quvvatlagan.
Marhumaning so‘nggi kuzatuv marosimi yopiq tarzda o‘tkazildi. Shunga qaramay, Rani Mukerjining yaqinlari hamda Bollivudning ko‘plab taniqli vakillari marosimga kelib, oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Marosimda Shohruh Xon va Gauri Xon, Ayshvariya Ray, Aliya Bhatt, Karan Johar, Anil Kapur kabi mashhur san’atkorlar ishtirok etdi.
Ranining amakivachchasi, mashhur aktrisa Kajol esa marosimga kela olmagan. U boshqa shaharda film suratga olish jarayonida bo‘lgani ma’lum qilindi.
Krishna Mukerjining vafoti Bollivud ahli va aktrisaning muxlislari uchun ham og‘ir yo‘qotish bo‘ldi.






























Izohlar 0
…