21:42 / 07.02.2017
7 395

Xitoy 2020 yilgacha 50 mln ta ish o‘rni yaratmoqchi

Xitoy 2020 yilgacha 50 mln ta ish o‘rni yaratmoqchi

Xitoy 2020 yilga qadar shahar aholisi uchun 50 mln ta ish o‘rni yaratmoqchi. Bu haqda Xitoy davlat kengashi tomonidan chop etilgan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan "Bandlikni rag‘batlantirish rejasi"da aytilgan, deb yozvadi Kun nashri.

Ta’kidlanishicha, Xitoy hukumati shahardagi ishsizlik darajasini 2020 yilgacha 5 foiz darajasida saqlab qolmoqchi.

2016 yilda Xitoyda 13,14 mln ta yangi ish o‘rni yaratilgan, biroq istiqbolda mehnat bozori o‘sishi sur’atlari sekinlashib, o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 12,5 mln ish o‘rnini tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, mehnat bozori har yili oliy ta’lim muassasalarining 8 mln bitiruvchisi va ko‘mir, sement va po‘lat quyish sanoatlaridan bo‘shatilgan 1 mln ishchi bilan to‘lib boradi.

2021 yilgacha Xitoyda pensiyaga yiliga 4,8 mln kishidan ketishi sababli yosh mutaxassislar ish o‘rinlari etishmovchiligini sezmaydilar.

Bundan tashqari, 2020 yilgacha Xitoyda nafaqat mehnat bozori kengayadi, balki aholi soni ham oshib boradi. Xitoy sog‘liqni saqlash va rejali bola ko‘rish ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasining ta’kidlashicha, 2020 yilgacha Xitoyning aholisi 1,37 mlrd dan 1,42 mlrd kishigacha, ya’ni 50 mln kishiga oshadi. 2050 yilga kelib Xitoyning har uchinchi fuqarosi esa pensioner bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy 2020 yilgacha 50 mln ta ish o‘rni yaratmoqchi