Jahon yulduzi Sara Braytman O‘zbekiston mustaqilligi bayramida sahnaga chiqdi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 28 avgust kuni Yangi Toshkentda katta bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda jahon sahnasida mashhur bo‘lgan britaniyalik soprano Sara Braytman ham ishtirok etdi.
Sara Braytman tantanali konsert dasturida o‘zining mashhur asarlaridan «Time to Say Goodbye» va «A Question of Honour» qo‘shiqlarini ijro etdi. Uning chiqishi bayram kechasining eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.
Klassik va zamonaviy musiqani o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirgan Sara Braytman betakror soprano ovozi va musiqa sahnasidagi ko‘p yillik faoliyati bilan dunyoga tanilgan.
Tadbirda, shuningdek, italiyalik tenor Alessandro Safina va ispaniyalik tenor Xose Karreras ham sahnaga chiqdi. Bayram dasturi 3D proyeksiyalar, yorug‘lik effektlari, robotlar va dronlar shousi bilan boyitildi.
Tantanali kecha Yangi Toshkent osmonida yuzlab dronlar ishtirokidagi katta shou bilan yakunlangan.






























Izohlar 0
…