Bir soatda 165 tonna pomidor uvol bo‘ldi: Ispaniyadagi dunyodagi eng mashhur noodatiy festival

Bir soatda 165 tonna pomidor uvol bo‘ldi: Ispaniyadagi dunyodagi eng mashhur noodatiy festival

Ispaniyaning Bunol shahrida dunyodagi eng mashhur noodatiy festivallardan biri — La Tomatina yana minglab odamlarni bir joyga jamladi. Bir soat davom etgan pomidor jangi vaqtida 165 tonna pomidor ko‘chalarga sochildi.

Bu yilgi festivalda 20 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Signal berilishi bilan shaharning ko‘chalari qisqa vaqt ichida pomidor bilan to‘lib, festival ishtirokchilari bir-birlariga pomidor otishni boshlagan.

Bir soat davomida yuzlab tonna pomidor ezilib, Bunol ko‘chalari tom ma’noda qizil rangga burkangan.

Bir soatda 165 tonna pomidor ishlatilgani festival ko‘lamini tasavvur qilishga imkon beradi. La Tomatinaning tarixi 1945 yilda yuz bergan oddiy oziq-ovqat janjaliga borib taqaladi. O‘sha paytda ko‘chadagi mojaro vaqtida pomidorlar bir-biriga uloqtirilgan.

Keyinchalik bu an’ana rasmiy ravishda taqiqlangan bo‘lsa-da, 1980 yillarda qayta tiklangan. Yillar davomida La Tomatina nafaqat Ispaniya, balki dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlarni jalb qiladigan mashhur tadbirga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar