Bloger muhtoj ayollarni kutilmagan sovg‘a bilan xursand qildi

Bloger muhtoj ayollarni kutilmagan sovg‘a bilan xursand qildi

O‘zbekistonda bloger "Aziz Estet" yordamga muhtoj ayollarni aniqlash maqsadida ularni qabriston hududini tozalash ishlariga taklif qildi. Biroq ish yakunida u ishtirokchilar uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlagan.

Blogerning aytishicha, ushbu tashabbus orqali haqiqatan ham yordamga ehtiyoji bor insonlarni aniqlash va ularga amaliy ko‘mak berish maqsad qilingan.

Qabristonni tozalash ishlari tugagach, "Aziz Estet" tadbirda qatnashgan ayollarga qariyb 1 million so‘mlik oziq-ovqat va turli mahsulotlar, shuningdek, pul mablag‘lari topshirdi.

Bundan tashqari, u ayollarning farzandlari uchun 1 sentyabr — yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan zarur kanselyariya buyumlarini ham sovg‘a qildi.

Blogerning ushbu tashabbusi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olindi.

Bloger muhtoj ayollarni kutilmagan sovg‘a bilan xursand qildi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar