Xitoyda minib yurish mumkin bo‘lgan robot-ot yaratildi

Xitoyning DaxAI startapi odam minib harakatlanishi mumkin bo‘lgan Qiji X1 nomli to‘rt oyoqli robotni namoyish qildi. Qurilma 2026 yilda Pekinda o‘tkazilgan Butunjahon robotlar konferensiyasida taqdim etilgan.
Qiji X1 tashqi ko‘rinishi jihatidan kattalashtirilgan robot-it, mototsikl va otning o‘ziga xos uyg‘unligini eslatadi. Robotga o‘rindiq va boshqaruv tutqichlari o‘rnatilgan bo‘lib, odam unga minib, xuddi ot singari harakatlanishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, robot 300 kilogrammgacha yukni ko‘tara oladi. Bir marta to‘liq quvvatlanganda 40 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Uning maksimal tezligi esa turli manbalarda 7–10 km/soat atrofida, ayrim xabarlarda 9,6 km/soat deb ko‘rsatilgan.
Qiji X1 oddiy yo‘llardan tashqari, tik qiyaliklar, shag‘al va loyli hududlarda ham harakatlanishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqaruvchi kelajakda undan yuk tashish, murakkab hududlarda harakatlanish va qutqaruv ishlarida foydalanishni rejalashtirmoqda.
Robotning odam minib harakatlanayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.






























Izohlar 0
…