Pulni adashib begona kartaga tashlab yubordingizmi? Uni qaytarib olishning oddiy yo‘li

Kundalik hayotda bank kartalari orqali o‘tkazmalarni amalga oshirishda raqamlarda adashish yoki shoshma-shosharlik sabab mablag‘ni begona odamning kartasiga yuborib qo‘yish ko‘p uchraydigan holat. Bunday vaziyatda sarosimaga tushishga hojat yo‘q — pulni qaytarib olishning aniq va ishlaydigan mexanizmi mavjud.
Asosiy qoida — vaqtni boy bermaslik! Xatolikni payqagan zahoti siz to‘lovni amalga oshirgan ilovaning rasmiy ishonch telefoniga bog‘lanishingiz lozim.
Pulni tez qaytarish uchun nima qilish kerak?
Ilova operatoriga qo‘ng‘iroq qilganingizda to‘lovni bekor qilish va tekshiruv jarayonini tezlashtirish uchun quyidagi ma’lumotlarni aniq aytib berish talab etiladi:
Operatsiya vaqti va sanasi: To‘lov aynan qaysi soat va daqiqada amalga oshirilgani;
O‘tkazma summasi: Adashib yuborilgan mablag‘ning aniq miqdori;
Tranzaksiya ma’lumotlari (chek): To‘lov ilovasida saqlanib qolgan chek (kvitansiya) raqami, yuboruvchi va qabul qiluvchi kartaning raqamlari.
Ommabop to‘lov ilovalarining tezkor aloqa va ishonch raqamlari:
CLICK: +998 (71) 231-08-80
PAYME: 1350
UZUM: +998 (78) 777-07-99
PAYNET: +998 (71) 202-07-07
HUMANS: 1234
OSON: +998 (71) 207-80-80
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qanchalik tez murojaat qilinsa, noto‘g‘ri tranzaksiyani to‘xtatib qolish va mablag‘ni egasiga qaytarish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.































Izohlar 0
…