O‘zbekiston hududida navbatdagi yer silkinishi qayd etildi

31 avgust kuni soat 14:58:44 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentr Buxoro viloyatining Gazli shahrida joylashgani ma’lum qilindi, deb xabar beradi smrm.uz.
Zilzila magnitudasi 3,8 ni tashkil etgan. Yer silkinishi 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Epitsentr koordinatalari 40,28 shimoliy kenglik va 63,37 sharqiy uzunlik sifatida ko‘rsatilgan.
Toshkentdan epitsentrgacha bo‘lgan masofa 504 kilometr bo‘lib, u poytaxtdan janubi-g‘arbiy yo‘nalishda joylashgan.
Zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida sezilgan. Gazli shahrida silkinish kuchi 3 ballni tashkil etgan, shahar epitsentrdan 18 kilometr masofada joylashgan.
Peshko‘ tumanida zilzila 2 ball kuch bilan sezilgan. Ushbu hudud epitsentrdan 35 kilometr uzoqlikda. Jondor tumanida ham 2 balllik silkinish qayd etilgan, masofa 47 kilometrni tashkil qilgan.
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayrongarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…