“5 egizakligini bilib, shokka tushdim”: Andijonda noyob tug‘ruq

1 daqiqa o'qish17.3K
“5 egizakligini bilib, shokka tushdim”: Andijonda noyob tug‘ruq

Andijonda ikki qiz farzanddan so‘ng oilada bir yo‘la besh egizak — ikki o‘g‘il va uch qiz dunyoga keldi. Ota-ona uchun bu kutilmagan quvonch bo‘lgan bo‘lsa-da, oradan ko‘p o‘tmay oilani og‘ir musibat ham qarshi oldi.

Oilaning avval ikki nafar qizi bo‘lgan. Keyingi homiladorlik vaqtida esa bir emas, besh nafar chaqaloq kutilayotgani ma’lum bo‘lgan.

“5 egizakligini bilib, shokka tushdim...” — deydi oila vakili.

Dunyoga kelgan egizaklarning ikkitasi o‘g‘il, uchtasi esa qiz bo‘lgan. Besh farzandning dunyoga kelishi oila uchun katta quvonch bo‘lsa-da, chaqaloqlardan biri hayot uchun kurashgan.

Egizaklarning kenjasi Sanobaroy atigi 10 kun yashab, vafot etgan. Bir vaqtning o‘zida besh chaqaloqning dunyoga kelishi oilaning hayotini butunlay o‘zgartirgan. Quvonchli kunlar bilan birga Sanobaroyning vafoti ota-onasi uchun og‘ir yo‘qotishga aylangan.

Shunday bo‘lsa-da, oilada qolgan to‘rt egizakning taqdiri va ularning kelajagi yaqinlari uchun eng muhim masalaga aylangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?