Xitoy o‘zining maxsus ma’muriy hududi bo‘lgan Hongkongga nisbatan "bir davlat – ikki tizim" tamoyiliga amal qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deb aytdi Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan.
"Biz Hongkongni uning aholisining o‘zi boshqarishiga asoslanib, "bir davlat – ikki tizim" tamoyilini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz", deb aytdi Kesyan.
U shu bilan birga "Hongkong mustaqilligi" haqidagi shiorlar istiqbolga ega emasligini aytgan.
Hongkong Buyuk Britaniya boshqaruvidan Xitoy tasarrufiga 1997 yilda o‘tgan. Aynan o‘shanda "bir davlat – ikki tizim" tamoyili e’lon qilingan va unga ko‘ra Hongkong keng muxtoriyatga ega.
Kesyanning ta’kidlashicha, Xitoy yana bir hududi bo‘lgan Tayvan mustaqilligiga ham yo‘l qo‘ymaydi va tomonlar 1992 yilda erishgan konsensusga amal qiladi.
Xitoy bosh vazirining aytishicha, Pekin Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni avaylaydi. "Biz Tayvan mustaqilligiga qaratilgan ayirmachilik faoliyatiga qat’iyan qarshimiz va bunday faoliyatni bostirish uchun qat’iy choralar ko‘ramiz", deb ogohlantirgan Kesyan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»