BRIKS–2026: Dengizga chiqish yo‘laklari, raqamli to‘lovlar va suveren moliya

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- 18-BRIKS sammitida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi blok va hamkor davlatlar uchun 50 ta amaliy natijani o‘z ichiga olgan strategik yo‘l xaritasini taqdim etdi.
- Sammitda dengizga chiqish yo‘laklari, jumladan, O‘zbekiston uchun «Shimol–Janub» yo‘lagi va Chobahor porti orqali jahon bozorlariga chiqish masalasi muhokama qilindi.
Nyu-Dehlidagi 18-BRIKS sammitining yalpi majlisida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va sammit ishtirokchilari blok hamda uning hamkor davlatlari uchun 50 ta aniq amaliy natijani (practical outcomes) o‘z ichiga olgan strategik yo‘l xaritasini taqdim etdi.
Sammitning yakuniy muhokamalarida O‘zbekiston va mintaqamiz manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan bir nechta hal qiluvchi yo‘nalishlar aniq belgilab olindi:
Dengizga chiqish va transport koridorlari: Sammit doirasida dengizga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoni bo‘lmagan qit’a ichkarisidagi davlatlarning (landlocked countries) logistika muammolari alohida ko‘tarildi. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi kotibi Sudhakar Dalela BRIKS platformasi janubiy yo‘laklar va dengiz portlariga bog‘lanish bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlikni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston uchun Chobahor porti va «Shimol–Janub» yo‘lagi orqali Hindiston va jahon bozorlariga chiqish intilishlarini xalqaro darajada mustahkamlaydi.
Raqamli to‘lovlar va innovatsion fond: Narendra Modi o‘z nutqida Hindistonning aholi miqyosidagi UPI (yagona to‘lov tizimi) tajribasini hamkor davlatlar infratuzilmasiga ulashni taklif qildi. Shuningdek, kichik va o‘rta biznes hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun «BRICS Startup Innovation Fund» tashkil etildi.
Suveren moliya va oziq-ovqat xavfsizligi: Sammit muhokamalarida ishtirokchilar xalqaro savdoni siyosiy bosim va bir tomonlama moliyaviy cheklovlardan himoya qilishning yagona yo‘li — milliy valyutalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri hisob-kitob va mustaqil logistika zanjirlarini barpo etish ekanini qayd etishdi.
Sammitda ilgari surilgan ushbu tashabbuslar yaqin yillarda savdo to‘siqlarini qisqartirish, muqobil transport yo‘laklarini kengaytirish va raqamli moliya sohasida pragmatik hamkorlikni yanada tezlashtiradi































Izohlar 0
…