Jorjina Rodrigesdan Messining rafiqasi suratiga kutilmagan izoh

Argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messining rafiqasi Antonela Rokusso ayni kunlarda Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli US Open tennis turniriga tashrif buyurdi. U mazkur yirik sport musobaqasidagi tashrifi davomida arenadan olingan bir qator suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.
Antonela Rokussoning turnir muhitida tushgan suratlari qisqa vaqt ichida uning obunachilari e’tiborini tortdi. Post ostida muxlislar tomonidan turli iliq fikr va izohlar qoldirildi.
Biroq ushbu publikatsiyaga yozilgan izohlar orasida portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodrigesning munosabati alohida qiziqish uyg‘otdi.
Jorjina Rodriges Antonela Rokusso joylagan surat ostida o‘z fikrini qisqa va samimiy tarzda bildirib, “Qanday go‘zal”, deya izoh qoldirdi.

Ushbu oddiy va iliq munosabat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari diqqatidan chetda qolmadi. Zero, futbol olamida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu nomlari ko‘p yillardan buyon o‘ziga xos raqobat bilan birga tilga olinadi. Shu bois ularning oila a’zolari o‘rtasidagi bunday samimiy munosabat ham futbol muxlislarida qiziqish uyg‘otdi.






























Izohlar 0
…