date

BAA Ramazon oyida ish vaqtini 2 soatga qisqartiradi

BAA Ramazon oyida ish vaqtini 2 soatga qisqartiradi

2026 yilgi Ramazon oyi munosabati bilan Birlashgan Arab Amirliklarida xususiy sektorda ishlovchi xodimlar uchun kunlik ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi. Bu haqda 12 fevral kuni mamlakatning Mehnat resurslari vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, odatda 8–9 soat ishlaydigan xodimlar Ramazon oyi davomida 6–7 soat ish rejimida faoliyat olib boradi. Belgilangan me’yordan ortiq ishlangan soatlar esa qo‘shimcha ish sifatida hisoblanib, alohida tartibda haq to‘lanadi.

Shuningdek, korxonalarga ish jadvalini moslashuvchan tarzda belgilashga ruxsat etilgan. Jumladan, masofadan ishlashni joriy etish yoki ish vaqtini amaldagi qonunchilik doirasida o‘zgartirish mumkin.

Davlat muassasalari xodimlari uchun ham yengillashtirilgan ish tartibi amal qiladi. Dushanbadan payshanbagacha ish vaqti soat 09:00 dan 14:30 gacha, juma kuni esa tushgacha davom etadi. Biroq uzluksiz ish jarayoni talab etiladigan sohalar mazkur tartibdan mustasno hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror fuqarolarga oilasi, ibodat va ruhiy mashg‘ulotlari uchun ko‘proq vaqt ajratish imkonini yaratish maqsadida qabul qilingan.

Astronomik hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yilda Ramazon oyi BAA va ko‘plab musulmon davlatlarida 19 fevral kuni boshlanishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » BAA Ramazon oyida ish vaqtini 2 soatga qisqartiradi