AQSHda 13 yoshli qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik haydovchi ushlandi

AQSHda 13 yoshli qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik haydovchi ushlandi

AQSHning Ogayo shtatida bir necha yil avval sodir etilgan og‘ir jinoyat tergovchilarning izchil izlanishlari natijasida fosh etildi. Hodisada gumon qilingan yuk mashinasi haydovchisi Shavkat Abshukurovning shaxsi DNK tahlili orqali aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2019 yil avgust oyida sodir bo‘lgan. O‘sha paytda 13 yoshli qiz uyidan chiqib ketganidan so‘ng Abshukurov boshqaruvidagi yuk mashinasiga chiqqan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi qizga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan va uni ma’lum vaqt majburan ushlab turgan.

Keyinchalik qizga yo‘lda taksida ketishi uchun 40 dollar berilib, u qoldirib ketilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov bir necha yil davom etgan. 2022 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar telefon ma’lumotlari, geolokatsiya va fotosuratlar kabi dalillar asosida gumon qilinuvchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Tergovdagi eng muhim dalillardan biri esa DNK ekspertizasi bo‘lgan. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tahlil gumon qilinuvchining biologik namunasi jinoyat ishidagi dalillar bilan mos kelishini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng Abshukurov 2022 yilda qo‘lga olingan.

Oradan bir necha yil o‘tgan bo‘lsa-da, tergovchilar tomonidan zamonaviy texnologiyalar va biologik ekspertizaning qo‘llanilishi jinoyatda gumon qilingan shaxsni aniqlash imkonini bergan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar