date

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan telefonda gaplashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan telefonda gaplashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida ikki tomon mintaqadagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.

Muhokama jarayonida har qanday navbatdagi keskinlashuv og‘ir gumanitar oqibatlarga hamda xavfsizlik bilan bog‘liq xatarlarning ortishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Tomonlar vaziyatni yanada murakkablashtirmaslik muhimligini qayd etgan.

Rasmiy ma’lumotda kelishmovchilik va nizolarni hal etishning yagona to‘g‘ri yo‘li tinch vositalar ekani bildirildi. Xususan, masalalar muloqot va diplomatiya orqali hal qilinishi lozimligi alohida urg‘ulangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan telefonda gaplashdi