Aktrisa Shahlo Temirova oilasi va muhabbat tarixi haqida gapirdi (video)

Aktrisa Shahlo Temirova “Renessans” telekanaliga bergan intervyusida oilasi, turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani va oila qurish tarixi haqida so‘zlab berdi.
Aktrisaning aytishicha, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i uning kursdoshi bo‘lgan. U bir yil davomida Shahloni yaxshi ko‘rishini aytib yurgan. Vaqt o‘tishi bilan aktrisada ham unga nisbatan iliq tuyg‘ular paydo bo‘lgan.
“Biz bir-birimizni tanladik. Kursdoshim bir yilcha menga: «Sizni yaxshi ko‘raman», deb yurdi. Bir yildan keyin menda ham ularga nisbatan qandaydir munosabat paydo bo‘la boshladi. Sakkiz yil bir-birimizni yaxshi ko‘rib yurdik. Shundan keyin sovchilar orqali turmush qurdik. Mana, baxtli hayot kechiryapman”, — deya hikoya qilgan aktrisa.
Shahlo Temirova suhbat davomida oilada qattiqqo‘l ekanini ham tan oldi. Uning aytishicha, qizlariga ba’zan o‘zi sezmagan holda talabchanlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahlo Temirova 1989 yil 12 aprelda Samarqand viloyatining Oqtosh tumanida dunyoga kelgan. Oilada o‘rtancha farzand bo‘lib, bir akasi va bir singlisi bor. Shahlo Temirova 2007–2011 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. Talabalik davridayoq sahnada o‘zini sinab ko‘rib, “Mariya” spektaklida Mariya, “Kuzning birinchi kuni” spektaklida esa Qiz obrazini ijro etgan.
Aktrisa “Yollangan sovchi”, “O‘jar kelin”, “Janob qorovul”, “Qo‘chqor akamning koptogi”, “Yoningdaman, ota”, “Baxt uyi”, “Yor tafti”, “Yuragim seniki” va “Shukrona” kabi filmlarda turli obrazlarni gavdalantirgan.
Aktrisa 2016 yilda kursdoshi Ilhom bilan oila qurgan. Hozirda ularning ikki nafar qizi bor.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…