Boliviyada ommaviy noroziliklar sabab favqulodda holat e’lon qilindi

Boliviya prezidenti Rodrigo Pas mamlakatda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari ortidan favqulodda holat rejimi joriy etilganini ma’lum qildi.
Qaror to‘sib qo‘yilgan yo‘llarni ochish, transport harakatini tiklash va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan.
Prezidentning ta’kidlashicha, yo‘llarning yopilishi odamlarning ishga borishi, o‘qishi, oziq-ovqat xarid qilishi va kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Favqulodda holat oddiy hayotni buzish uchun emas, uni qayta tiklash uchun joriy etildi”, — dedi Rodrigo Pas.
Boliviyada norozilik namoyishlari o‘tgan oydan buyon davom etmoqda. Namoyishchilar prezident iste’fosi, mehnat shartlarini qayta ko‘rib chiqish va ayrim qonunlarni bekor qilishni talab qilmoqda.































Izohlar 0
…