Turkiyada erkak mushukning bolalagani internetda katta muhokama uyg‘otdi

Turkiyaning Izmir shahrida Jengo laqabli mushuk bilan bog‘liq noodatiy holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tashqi ko‘rinishi va ayrim xususiyatlari sabab erkak deb hisoblangan mushuk kutilmaganda bolalagan.
Tekshiruvlardan so‘ng Jengoda juda kam uchraydigan biologik xususiyat borligi aniqlangan. Mutaxassislarning aytishicha, uning organizmida erkak va urg‘ochi jinsiy to‘qimalari bir vaqtda mavjud bo‘lgan.
Veterinarlar bunday holat taxminan 6 million hayvondan bittasida uchrashi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu sababli Jengo veterinariya sohasida nihoyatda noyob hodisa sifatida baholanmoqda.
Voqeani yanada qiziqarli qilgan jihat shundaki, Jengo dunyoga keltirgan mushukchada ham shunga o‘xshash biologik belgilar aniqlangani aytilmoqda. Bu holat mutaxassislar tomonidan qo‘shimcha o‘rganilmoqda.































Izohlar 0
…