Besh yoshli bola tufayli 15 ga yaqin iPhone kuyib ketdi

Besh yoshli bola tufayli 15 ga yaqin iPhone kuyib ketdi

Xitoyning Shenchjen shahrida besh yoshli bola tasodifan yong‘in chiqarib, o‘nlab mobil telefonlarni yoqib yubordi. Bu haqda South China Morning Post xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolaning otasi Peng mobil telefonlar do‘konini boshqaradi va sotuvdagi ayrim qurilmalarni uyida saqlardi. Hodisa bola nosoz uzaytirgichdan chiqayotgan uchqunlarni ko‘rib, ular bilan sochiqni yoqishga uringanidan keyin sodir bo‘lgan.

Natijada olov tez tarqalib, qariyb 30 ta telefonni yo‘q qilgan. Ularning yarmidan ko‘pi iPhone smartfonlari bo‘lib, jami zarar 200 ming yuandan (taxminan 29,5 ming dollar) oshgan.

Pengning aytishicha, u hodisa vaqtida uxlab yotgan bo‘lgan. Tutun hididan uyg‘onib, yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan, ammo ustaxona va mehmonxonaning bir qismiga jiddiy zarar yetgan.

Quvonarlisi, bolaga jarohat yetmagan. Ota hodisadan keyin o‘g‘liga o‘t bilan o‘ynashish xavfli ekanini tushuntirgan va kelajakda bunday holat takrorlanmasligiga umid bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar