Qo‘ylarni bo‘ridan asraydigan tikanli kostyum bahslarga sabab bo‘lmoqda!

Avstriyaning Karintiya mintaqasida chorvadorlarni bo‘ri hujumidan himoya qilishga mo‘ljallangan tikanli maxsus kostyum ixtiro qilindi. Ushbu moslamani 72 yoshli tadbirkor va fermer Rudolf Shaubax qo‘y tanasining katta qismini qoplaydigan qilib ishlab chiqdi. Mutaxassislar va Vena hayvonlarni himoya qilish jamiyati bu konstruksiya qo‘ylarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, jumladan, qo‘zilarni ona suti bilan oziqlanishiga xalaqit berishidan xavotir bildirmoqda.
Avstriyaning janubidagi Karintiya mintaqasida qo‘ylarni bo‘ri hujumidan himoya qilish uchun tikanli maxsus kostyum yaratildi. Ammo ushbu ixtiro jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan turlicha qabul qilinmoqda.
Karintiyada bo‘rilar soni oshib borayotgani sabab chorvadorlar hayvonlarini himoya qilishning yangi usullarini izlashga majbur. Panjaralar, qo‘riqchi itlar va boshqa vositalar qimmat bo‘lib, doim ham yetarli samara bermaydi.
72 yoshli tadbirkor va fermer Rudolf Shaubax qo‘y tanasining katta qismini qoplaydigan tikanli kostyum ishlab chiqdi. Uning fikricha, bu moslama bo‘rining qo‘yga halokatli jarohat yetkazishiga to‘sqinlik qiladi.
Biroq ixtiro hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik va chorvachilik qoidalarini buzish ehtimoli bo‘yicha tekshiruvga sabab bo‘ldi. Vena hayvonlarni himoya qilish jamiyati konstruksiyaning qo‘ylarga salbiy ta’sirini o‘rganishni talab qildi.
Mutaxassislar kostyum qo‘zilarning ona suti bilan oziqlanishiga xalaqit berishi mumkinligini aytmoqda. Shuningdek, bir nechta tikan bo‘rini haqiqatan ham qo‘rqita olishiga shubha bildirilgan.































Izohlar 0
…