Munisa Rizayevaning «qora ro‘yxat»iga tushgan san’atkor kim edi?

Xonanda Munisa Rizayeva qiziq va kuligili voqeani eslab, bir vaqtlar shoumen Izzat Shukurovni shaxsiy “qora ro‘yxat”iga kiritganini ma’lum qildi.
San’atkorning aytishicha, bu voqeaga nima sabab bo‘lganini hozir hatto o‘zi ham aniq eslay olmaydi. Munisa Rizayeva hazil aralash, ehtimol, o‘sha paytlarda Izzat Shukurovni xafa qilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Qizig‘i shundaki, vaqt o‘tib mazkur holat haqida suhbat ketganida, Izzat Shukurov xonandaga ikkita guldasta taqdim etgan. Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, gullarning biri uning bir vaqtlar Izzat Shukurovdan xafa bo‘lgani uchun berilgan bo‘lsa, ikkinchisi shoumenni “qora ro‘yxat”ga kiritib qo‘ygani uchun sovg‘a qilingan.
Ko‘tarinki kayfiyatda esga olingan mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham muxlislar e’tiborini tortdi. Foydalanuvchilar ikki san’atkor o‘rtasidagi bu qiziq hodisani iliq munosabat bilan muhokama qilmoqda.






























Izohlar 0
…