Braziliyada havo shari halokati: 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Braziliyada havo shari halokati: 8 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Braziliyaning Santa-Katarina shtatida sayyohlarni olib ketayotgan havo sharida dahshatli fojia yuz berdi. Ichida 21 kishi bo‘lgan havo shari parvoz vaqtida yonib ketib, yerga qulagan.

Hodisa oqibatida 8 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Yana 13 kishi, jumladan havo sharini boshqargan uchuvchi omon qolgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hodisadan so‘ng barcha yo‘lovchilar aniqlangan va bedarak yo‘qolganlar yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in havo shari savati ichida boshlangan. Uchuvchining aytishicha, u favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga uringan va yerga yaqinlashgach, yo‘lovchilarga imkon qadar tezroq sakrashni buyurgan.

Fojia tibbiyot markazi yaqinida sodir bo‘lgani sababli qutqaruv va tibbiy xizmatlar voqea joyiga tez yetib kelgan. Hozirda mutaxassislar halokatning aniq sabablarini aniqlash maqsadida keng qamrovli tekshiruv olib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar