AQSHda o‘zbekistonlik tadbirkorga tegishli qahvaxonaga nisbatan tergov boshlandi

Bunga qahvaxona xodimlarining Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi siyosatchiga xizmat ko‘rsatishni rad etgani sabab bo‘lgan.
AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Dan Goldman qizi bilan Bruklindagi Poetica Coffee qahvaxonasiga tashrif buyurgan. Shundan so‘ng muassasa ijtimoiy tarmoqlarda kongressmenni tanqid qiluvchi post e’lon qilgan.
Unda qahvaxona irqchilar, fashistlar, gomofoblar va genotsidni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarga xizmat ko‘rsatmasligini bildirgan. Shuningdek, muassasa Goldman qahva uchun to‘lagan 9,82 dollarni qaytarib berganini ma’lum qilgan.
Kongressmenning suratini ham o‘z ichiga olgan post ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Goldmanning ta’kidlashicha, mazkur voqea fuqarolik huquqlari bo‘yicha federal tergov o‘tkazishni talab qilmaydi.






























Izohlar 0
…