Yaponiyani 7,2 ballli zilzila larzaga soldi (video)

Yaponiyani 7,2 ballli zilzila larzaga soldi (video)

Yaponiyaning shimoliy hududlarida sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishi aholi o‘rtasida xavotir uyg‘otdi. Mamlakat meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,2 ballni tashkil etgan.

Tabiiy ofat oqibatida kamida 10 nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan. Mahalliy qutqaruv va tibbiy xizmatlar jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar dastlab magnitudani pastroq baholagan bo‘lsa-da, keyinchalik aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila kuchi 7,2 ball ekani tasdiqlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar