Olimlar paxtaqanddan ham yengil ulkan sayyoralarni aniqladi

Astronomlar Koinotdagi eng g‘ayrioddiy sayyoralardan ikkitasini aniqladi. Ular hajmi jihatidan Yupiterga deyarli teng bo‘lsa-da, zichligi shu qadar pastki, hatto paxtaqanddan ham yengil hisoblanadi.
Mutaxassislar ma’lum qilishicha, ushbu sayyoralar Yerdan taxminan 1 110 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan yulduz atrofida aylanadi. Ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, ular shu kungacha aniqlangan o‘z toifasidagi eng yengil sayyoralar sifatida qayd etildi.
Kashfiyot NASA'ning TESS kosmik teleskopi orqali amalga oshirildi. Avval sayyoralar aniqlangan bo‘lsa, keyinchalik Yerdagi qator teleskoplar yordamida ularning orbitasi va zichligi aniq hisoblab chiqildi.
Olimlar bu osmon jismlarini «super-pufak» sayyoralar deb atashmoqda. Sababi, ularning asosiy qismi vodorod va geliy gazlaridan tashkil topgan bo‘lib, tashqi tuzilishi nihoyatda yengil va shishgan holatga ega.
Hozirgacha Quyosh tizimidan tashqarida 6 300 ga yaqin ekzosayyora tasdiqlangan bo‘lsa, ularning atigi 40 tasidan kamrog‘i aynan shu toifaga kiradi. Taqqoslash uchun, Quyosh tizimidagi eng yirik sayyora — Yupiter ushbu yangi topilgan sayyoralardan qariyb 35 barobar zichroqdir.
Tadqiqotchilarning fikricha, bunday sayyoralarni o‘rganish Koinotda sayyoralar qanday shakllanishi va evolyutsiyasi haqidagi tasavvurlarni yanada boyitishga xizmat qiladi.






























Izohlar 0
…