Uy sotib olish uchun yig‘ilgan 1 kilogramm oltin axlatga ketdi

Uy sotib olish uchun yig‘ilgan 1 kilogramm oltin axlatga ketdi

Turkiyaning Bursa shahrida yashovchi oila kutilmagan noxush holatga duch keldi. Uy xarid qilish uchun yillar davomida yig‘ilgan qimmatbaho oltinlar bir lahzalik adashish oqibatida chiqindiga tashlab yuborildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadon bekasi uyni yig‘ishtirayotgan vaqtda ichida 1 kilogramm oltin saqlangan paketni oddiy chiqindi deb o‘ylab, axlat qutisiga tashlab yuborgan. Ushbu oltinlarning umumiy qiymati 6,13 million turk lirasi, ya’ni 133 ming dollardan ortiq baholanmoqda.

Oila boshlig‘i Sedair Kurnazning aytishicha, bu oltinlar yillar davomida uy sotib olish maqsadida jamg‘arilgan. Qimmatbaho buyumlar yo‘qolgani ma’lum bo‘lgach, ular darhol politsiya hamda kommunal xizmatlarga murojaat qilgan.

Hozircha paketni chiqindi tashuvchi maxsus mashina olib ketganmi yoki uni chiqindi tituvchilardan kimdir topib olganmi — bu aniq emas. Shu bois huquq-tartibot idoralari va tegishli xizmatlar hududdagi kuzatuv kameralari yozuvlarini o‘rganish ishlarini boshlagan.

Ayni paytda yo‘qolgan oltinlarni topish bo‘yicha qidiruv ishlari davom etmoqda. Oila esa ko‘p yillik mehnat mahsulini qaytarishdan umid uzmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar