Bektemir tumanida 29 iyun kuni ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi

Bektemir tumanida 29 iyun kuni soat 09:00 dan 30 iyun soat 09:00 gacha ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Cheklov Ohangaron shossesi bo‘ylab ko‘prik qurilishi doirasida suv quvurlarini boshqa joyga ko‘chirish ishlari bilan bog‘liq.
Suv ta’minoti quyidagi mahallalarda vaqtincha bo‘lmaydi:
• Mirishkor
• Rohat
• Zilola
• Chashma
• Iqbol
• Majnuntol
• Abay
• Gulbog‘
• Bektemir
• Husayn Boyqaro
• Oltintopgan
• Iyk ota
• Musaffo
• Sohil
• Nurli yo‘l
• Ustozlar
«Toshkent shahar suv ta’minoti» aksiyadorlik jamiyati aholiga oldindan zarur miqdorda ichimlik suvi zaxira qilib qo‘yishni tavsiya etdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…