90 va 95 yoshli juftlik 64 yillik munosabatlaridan so‘ng nikohdan o‘tishdi

1 daqiqa o'qish191
90 va 95 yoshli juftlik 64 yillik munosabatlaridan so‘ng nikohdan o‘tishdi

2024 yilda Keniyada noodatiy va ko‘pchilik e’tiborini tortgan nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi. 95 yoshli Ibrohim Mbogo hamda 90 yoshli Tabita Vangui oradan qariyb 64 yil o‘tgach, ilk bor cherkovda rasman nikohdan o‘tishdi. Ularning ta’sirli hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘plab insonlarda iliq taassurot qoldirdi.

Ma’lum qilinishicha, juftlik 1960 yildan buyon birga hayot kechirib kelgan. Ular shu yillar davomida farzandlar tarbiyalab voyaga yetkazgan, nevaralar ko‘rgan va katta oilaga asos solgan. Biroq shuncha yil birga yashagan bo‘lishlariga qaramay, rasman er-xotin sifatida nikohdan o‘tishmagan.

Nihoyat, 2024 yilda ular ushbu orzuni amalga oshirib, yaqinlari va oila a’zolari ishtirokida cherkovda nikoh marosimini o‘tkazishga qaror qildi. Marosim qatnashchilar uchun unutilmas va his-tuyg‘ularga boy voqeaga aylandi.

Tabita Vanguidan nega bu qadar uzoq vaqt kutgani haqida so‘ralganda, u hazilomuz javob qaytardi.

“Erkaklar ko‘pincha fikrini o‘zgartirib turishadi, shuning uchun uning qarori haqiqatan ham qat’iy ekaniga to‘liq ishonch hosil qilishim kerak edi”, — dedi u.

Uning hazil aralash aytilgan ushbu gapi yig‘ilganlarni kuldirgan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa juftlikning muhabbat va sadoqatga boy hayot yo‘lini yuqori baholagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?