Bir yoshli bolaning oyog‘i hojatxona quvuriga tiqilib qoldi

Bir yoshli bolaning oyog‘i hojatxona quvuriga tiqilib qoldi

Qozog‘istonning Olmaota viloyati Jambil tumanida noodatiy hodisa yuz berdi. Qarg‘ali qishlog‘ida bir yoshli bolaning oyog‘i hojatxona konstruksiyasidagi metall quvurga qisilib qoldi.

Hodisa haqida “112” raqamiga xabar berilgach, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari yetib kelgan. Bolaning oyog‘i quvur ichida qattiq qisilib qolgani sababli uni mustaqil ravishda chiqarishning imkoni bo‘lmagan.

Qutqaruvchilar bolaga zarar yetkazmaslik uchun ishni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan olib borgan. Maxsus metall qaychilar yordamida quvur bosqichma-bosqich kesilib, bolaning oyog‘i atrofidagi bo‘shliq kengaytirilgan.

Qutqaruv operatsiyasi bir soatdan ortiq davom etgan. Yakunda bola quvurdan chiqarib olingan va tibbiy ko‘rik uchun tez yordam brigadasiga topshirilgan.

Hodisa bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va maishiy hududlarda ularning xavfsizligini ta’minlash muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar