Ikki rossiyalik asir Xarkov yaqinidagi koloniyadan qochgani aytilmoqda

Ikki rossiyalik asir Xarkov yaqinidagi koloniyadan qochgani aytilmoqda

19 avgust kuni kechqurun Ukrainaning Telegram kanallari ikki harbiy asir Ukrainadagi koloniyadan qochib ketgani haqida xabar berdi.

"Ikki rossiyalik asir Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchisini o‘ldirib, Xarkov viloyati Izum tumani Petrovskoye qishlog‘idagi koloniyadan qochgan," - deb yozadi Ukraina OAVlari. Qochganlar 25-armiya tarkibida xizmat qilgan Sayfolloh Rahmatov va Yevgeniy Danilov ekani qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1997 yil 10 mayda tug‘ilgan Sayfolloh Rahmatov Tojikiston fuqarosi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, “Sablya” taxallusidan foydalangan. 2004 yil 1 sentyabrda tug‘ilgan Yevgeniy Danilov esa Qozog‘istonning Olmaota shahrida tug‘ilgan va “Roker” taxallusiga ega ekani aytilmoqda.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, qochish vaqtida ular Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchisini o‘ldirgan, uning qurolini hamda to‘q kulrang Mercedes ML350 avtomobilini olib, hududni tark etgan.

Ukraina Davlat jinoyat-ijroiya xizmati bunday voqea sodir bo‘lmaganini ma’lum qildi.

"Ukrainaning GUIS tizimidagi muassasalardan mahkumlar, mahbuslar va harbiy asirlarning qochishi kuzatilmadi," - deyiladi xabarda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar